Oʻzbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun kurashadi

16:19 08 Iyul 2022 Sport
833 0

Joriy yilning 28-iyul – 8-avgust kunlari Hindistonning Chennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, shaxmat bellashuvlaridan tashqari 2026-yilda tashkil etiladigan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun tender tadbirlari boʻlib oʻtadi.

Bugun poytaxtimizda joriy yilgi olimpiada doirasidagi musobaqalar, shuningdek, 2026-yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun oʻtkaziladigan tenderda munosib ishtirok etish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida qatnashadigan mutasaddilar, musobaqalarda ishtirok etuvchi Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari va delegatsiya tarkibi muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, Butunjahon shaxmat Olimpiadasi shaxmat olamidagi eng nufuzli musobaqa boʻlib, 1924-yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda. FIDE bosh assambleyasi tomonidan 2026-yilgi olimpiada mezbonligi uchun eʼlon qilingan tenderda xalqaro toifadagi shaxmat ustalari, grossmeysterlar diyori sifatida vatanimiz Oʻzbekiston ham nomzod sifatida ishtirok etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?