O‘zbekiston Burundi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
O‘zbekiston Burundi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘z Telegram kanalida xabar berdi.
Vazir Burundi tashqi ishlar, taraqqiyot va hamkorlik vaziri Albert Shingiro bilan birgalikda BMT bosh qarorgohida tegishli qo‘shma kommyunikeni imzolagani haqida yozdi.
Ushbu hujjat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yuzaga chiqarishda poydevor bo‘lib xizmat qiladi, deya ta’kidladi u.
Bu orqali Burundi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 152-davlat bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring