Oʻzbekiston boks terma jamoasi yana bir bor tengsiz deb topildi

10:48 02 Mart 2026 Sport
452 0

Shu yilning 22-fevral sanasidan 1-mart kuniga qadar Bolgariyaning Sofiya shahrida boks boʻyicha “Strandja” turniri boʻlib oʻtdi.

Ahamiyatlisi shundaki, mazkur turnirda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi erkaklar va ayollar oʻrtasida ham umumjamoa hisobida 1 oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Jumladan, erkaklar jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 bronza medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, ayollar jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 bronza bilan tengsiz boʻlishdi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrin Qozogʻistonga, uchinchi pogʻona esa ukrainalik bokschilarga nasib etdi.

Gʻolib va sovrindorlarimiz bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Oltin medal:

  • -75 kg. Fazliddin Erkinboyev
  • -85 kg. Akmaljon Isroilov
  • -90 kg. Toʻrabek Xabibullayev
  • -48 kg. Sabina Boboqulova
  • -57 kg. Nigina Oʻktamova
  • -65 kg. Navbahor Hamidova
  • -75 kg. Aziza Zokirova

Kumush medal:

  • -80 kg. Javohir Ummataliyev
  • +90 kg. Ozodbek Aliyev
  • -51 kg. Feruza Kazakova
  • +90 kg. Oltinoy Sotimboyeva

Bronza medal:

  • -50 kg. Asilbek Jalilov
  • -70 kg: Shavkatjon Boltayev
  • -85 kg. Norbek Abdullayev
  • -90 kg. Samir Sobirov
  • -48 kg. Farzona Fozilova
  • -80 kg. Ruxshona Parpiyeva

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер