O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida Qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Bundan tashqari, tashrif doirasida hukumatlar, idoralar va hududlar darajasida 15 ta hujjat qabul qilindi.
Hukumatlar o‘rtasidagi imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Eron Milliy standart tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik dasturi, Texnologiyalar va innovasiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha Harakatlar rejasi shular jumlasidan.
Qo‘shma erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish, farmasevtika, transport va tranzit sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar qabul qilindi.
Shuningdek, Sport sohasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi, Nizolarni hal etish va arbitraj to‘g‘risida anglashuv memorandumi, Qayta sug‘urtalash sohasida hamkorlik bo‘yicha fakultativ bitim va boshqa hujjatlar ham imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring