Oʻzbekiston baliqchiligi: ilm-fan yutuqlari va innovatsion gʻoyalar
Foto: Халқ сўзи
Ayni paytda mamlakatimizda 6 ming 200 ga yaqin baliqchilik fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, oʻtgan yil davomida ular tomonidan 500 ming tonna baliq yetishtirildi. 2022-yil davomida sohaga 6,2 mln dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb etildi, eksport hajmi 1,9 mln dollarni tashkil etdi. Yil mobaynida 37 ming tonna baliq sanoat usulida qayta ishlandi.
2023-yilning 28-29-mart kunlari Toshkent shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi hamkorligida oʻtkazilayotgan xalqaro seminarda sohadagi hayotbaxsh islohotlar samarasi sarhisob etildi.
«Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Turkiyada baliqchilik va akvakulturani barqaror boshqarish uchun salohiyatni rivojlantirish - FISHCap” loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirda Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Oʻzbekistondan olimlar, ekspertlar, yosh tadqiqotchilar, baliqchilik fermer xoʻjaligi rahbarlari ishtirok etmoqdalar.
Seminarda sohaga ilm-fan yutuqlari, innovatsion gʻoyalarni keng joriy etish, yangi turlarni koʻpaytirish, jahon miqyosida baliqchilik tarmogʻida erishilayotgan yutuqlardan samarali foydalanish boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi. Oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot markazlari professor-oʻqituvchilarining maʼruzalari tinglandi.
— Yaqinda mamlakatimiz delegatsiyasi Janubiy Koreyada intensiv usulda baliq yetishtirish tajribasini oʻrganib keldi, — deydi “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi oʻrinbosari Shuhrat Rahmatov. — Shuningdek, Xitoy, Vyetnam, Turkiya, Tailand tajribasidan unumli foydalanish borasida amaliy saʼy-harakatlarga kirishildi.
Oʻz navbatida tarmoqda ixcham va samarali xoʻjaliklar faoliyatini kengaytirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Misol uchun, bugungi kunda yurtimizda 2 mingta xonadonda zamonaviy texnologiyalar yordamida uy sharoitida baliq yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Bu yil yana 2 mingta xonadonda baliq yetishtirish maqsadida ishlab chiqilgan loyihalar maʼqullanib, uskuna va jihozlar sotib olishga imtiyozli kreditlar ajratish choralari koʻrilayotir.
Seminarning ikkinchi kunida ham bir qator ekspertlar va soha mutaxassislarining mavzu yuzasidan chiqishlari kutilmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring