Oʻzbekiston aeroportlarida maymunchechakning oldini olish choralari koʻrilmoqda
Oʻzbekiston aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olish choralari koʻrilmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu kasallikning yangi shtammi asosan Oʻzbekiston bilan toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar orqali bogʻliq boʻlmagan Afrika mamlakatlarida tarqalmoqda. Ammo shunga qaramay, aeroportlarda ushbu kasallikning oldini olish choralari koʻrilmoqda.
Jumladan, fuqaro aviatsiyasi obyektlarining Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi bilan birgalikda aeroportlar tibbiyot xodimlari uchun maymunchechak kasalligining etiologiyasi, klinik koʻrinishi, epidemiologiyasi, diagnostikasi va oldini olish boʻyicha seminarlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olishga qaratilgan sanitariya-targʻibot ishlari kuchaytirilgan.
Xususan, aeroport xodimlariga ushbu kasallik haqida soddalashtirilgan shaklda maʼlumot beriladi va baʼzi alomatlar vizual tarzda qanday namoyon boʻlishi tushuntiriladi. Bundan tashqari, sanitariya-karantin xizmati tomonidan aeroportlarda havo harorati yuqori boʻlgan yoʻlovchilarni masofadan turib aniqlaydigan teplovizorlar oʻrnatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring