Oʻzbekiston 9 oyda 473 million dollarlik elektromobil import qildi
2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida Oʻzbekistonga 16 ta xorijiy davlatdan qiymati 473 million AQSH dollariga teng boʻlgan 40 ming 345 dona elektromobil import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Mazkur davrda Oʻzbekistonga eng koʻp elektromobil yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Xitoy – 39 798 dona;
- Gonkong – 249 dona;
- Koreya Respublikasi – 165 dona;
- Germaniya – 43 dona;
- AQSH – 25 dona;
- Boshqa davlatlar – 65 dona.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 24 ming 140 donaga yoki qariyb 2,5 barobarga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring