Oʻzbek sport ustalari Peruda boʻlib oʻtgan qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi
Yakuniga yetgan haftada turli shaharlarda qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasidan maʼlum qilinishicha, Peru mezbonlik qilgan yigitlar oʻrtasidagi sablya dasturida terma jamoamiz vakillari ham yakkalik, ham jamoaviy yoʻnalishda gʻalaba qozonishdi.
Shaxsiy birinchilikda Musa Aymuratov barcha raqiblarini katta ustunlik bilan dogʻda qoldirishga muvaffaq boʻldi. Mazkur dasturda Islombek Abdazov va Azizbek Dauletnazarov bronza medallariga ega chiqishdi. Ushbu trioga qoʻshilgan Zuhriddin Qodirov jamoaviy dasturda oltin medal qoʻlga kiritilishiga katta hissa qoʻshdi.
Shpagachi qizlarimiz Isroil, yigitlarimiz Bahraynda oʻtgan bosqichda yakkalik bellashuvida chorak finalgacha yetib borishdi. Jamoaviy dasturda finalda mezbonlarga imkoniyatni boy bergan qizlarimiz kumush medalga sazovor boʻlgan boʻlsalar, yigitlarimiz musobaqani kuchli toʻrtlikda yakunlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring