Oʻzbek olimlarining kitobi dunyoning 7 tilida chop etildi
Yaqinda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliyaviy tahlil va audit” kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori Bahodir Hasanov hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti, PhD Karjaubay Nurmanovlarning “Methodological issues of strategic management accounting and analysis (Klasterlar va fermer xoʻjaliklarida strategik boshqaruv hisobi va tahlilning metodologik masalalari) nomli monografiyasi oʻzbek va qoraqalpoq tillarida chop etilgan edi.
Eʼtiborlisi shundaki, ushbu monografiya Buyuk Britaniyaning “GlobeEdit” nashriyotida 7 ta xorijiy tilga tarjima qilinib, nashr qilindi. Endilikda mazkur oʻquv qoʻllanma dunyoning 200 million nafardan ortiq aholisi tomonidan katta qiziqish bilan oʻqilayotgani haqiqiy maʼnodagi xushxabar, desak, mubolagʻa emas.
Oʻzbekistonda boshqaruv hisobini xalqaro standartlarga transformatsiya qilish zarurati strategik boshqaruv hisobi va tahlili oldiga xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan taʼminlash hamda xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish vazifasini qoʻyadi.
Mamlakatimizning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi strategik boshqaruv hisobini isteʼmol qiymati zanjiri, samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari tizimi, tovarning hayotiy sikli boʻyicha xarajatlar va moliyaviy natijalarni aniqlash, sof foydaning oʻsishiga taʼsir etuvchi omillarni uzoq muddatli prognozlash kabi yoʻnalishlarda yuritishni talab qilmoqda.
Qishloq xoʻjaligi korxonalarida strategik boshqaruv hisobi hamda tahlilining nazariy-uslubiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyatga ega.
Mazkur monografiyaning ilmiy yangiligi shundaki, sholichilik klasterlarida tannarx hamda bahoning shakllanishi haqidagi axborot bilan taʼminlovchi, aktivlar va majburiyatlarni baholash, kechiktirilgan soliqlar, berilgan subsidiyalar, rezervlarni hisobga olish imkonini beruvchi 1700-“Kalkulyatsiya qilinadigan strategik xarajatlar”, 3000-“Kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan strategik xarajatlar”, 8860-“Maqsadli strategik moliyalashtirish” sintetik schetlarni ochish hamda korxonaning hisob siyosatiga kiritish kabilar taklif etilgan.
Shu bilan birga, sholichilik fermer xoʻjaliklarida sof foydaning oʻsishiga mahsulotning hayotiy sikli, sof tushum, xususiy kapital hamda majburiyatlar omillari taʼsirining 2025-yilgacha boʻlgan prognozi ishlab chiqilgan.
Mazkur qoʻllanma tadqiqot ishi natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan takliflar va amaliy tavsiyalardan xoʻjalik yurityvchi sybyektlarda strategik boshqaruv hisobi hamda tahlilini xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish va amalga oshirish sohasida innovatsion hamda investitsion biznes loyihalarini ishlab chiqishda foydalanish mymkin.
Yana bir quvonarli jihati shundaki, “GlobeEdit” nashriyoti mahsulotlarini xalqaro matbaa bozorida 80 000 ta kitob doʻkoni hamda 3 000 dan ortiq internet-magazinlaridan xarid qilish mumkin.
Jahonning taniqli nashriyotlarida chop etilgan mazkur monografiya xaridi boʻyicha 30 foizlik chegirma ham taklif etilgan. Bu esa mamlakatimiz olimlari tomonidan tayyorlangan ilmiy qoʻllanmalar dunyo ahli ham katta qiziqish bildirayotganidan dalolat beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring