Oʻzbek multfilmi xalqaro festivalda gʻolib boʻldi
30-31-oktyabr kunlari Qozogʻistonning Nur-sultan shahrida “Amen-2020” xalqaro animatsion filmlari festivali boʻlib oʻtdi.
Mazkur festivalda oʻzbek multiplikatori Dmitriy Vlasovning “Hayot daryosi” (“Potok”) animatsion filmi “Eng yaxshi postanovkachi rassom” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻldi. Bu haqda “Oʻzbekkino” MA axborot xizmati xabar berdi.
“Hayot daryosi” animatsion filmi falsafiy mazmunga ega boʻlib, unda inson tugʻilishidan boshlab, umr boʻyi bosib oʻtgan yoʻli haqida hikoya qilinadi.
Mazkur festival joriy yilda ikkinchi marotaba onlayn tarzida oʻtkazilib, unda animatsiya sohasida yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash, yangi innovatsion texnologiyalar va zamonaviy dasturlar asosida ishlab chiqarilayotgan animatsion asarlar baholandi.
“Amen-2020” xalqaro animatsion filmlar festivalida Qozogʻiston, Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va yana boshqa bir qator mamlakatlarning animatsion filmlari ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring