Oʻzbek kurashi “Osiyo bolalari” («Дети Азии») sport oʻyinlari dasturiga kiritildi
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning 27-iyul – 8-avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida oʻsmirlar oʻrtasida “Osiyo bolalari” («Deti Azii») VII xalqaro sport oʻyinlari boʻlishi haqida xabar bergan edik.
Mazkur musobaqada dunyoning 15ta mamlakatidan 1 650 nafar ishtirokchi 273 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishadi.
Oʻzbekiston nomidan esa 174 nafar vatandoshimiz sportning 17 turidan ishtirok etadilar.
Musobaqalarda vakillarimizning ishtiroki quyidagicha:
Badminton – 4-7-avgust,
Stol tennisi va basketbol 3x3 – 29-iyul – 1-avgust,
Oʻq otish va boks – 2-6-avgust,
Sambo – 3-avgust,
Sport kurashlari va yengil atletika – 31-iyul – 2-avgust,
Badiiy gimnastika va suzish – 29-31-iyul,
Kamondan otish – 4-6-avgust,
Mas-restling – 4-5-avgust,
Plyaj voleyboli – 28-iyul – 3-avgust,
Mini-futbol – 31-iyul – 7-avgust,
Oʻzbek kurashi – 6-avgust,
Dyuzdo – 2-4-avgust,
Taekvondo – 30-31-avgust.
Musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi sportning faqatgina Xapsagay (Yakutiya milliy kurashi) hamda Breyking (brey-dans) turlarida ishtirok etishmaydi. “Osiyo bolalari” VII xalqaro sport oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan musobaqalar Vladivostokdagi 10 ta sport inshootida, jumladan, yangilangan “Dinamo” stadioni, «Olimpiyskiy» sport majmuasi, «Yunost» sport saroyi va Vladivostokning markaziy maydonida oʻtkaziladi. Oʻyinlarning tantanali ochilish va yopilish marosimlari esa «Fetisov Arena» konsert-sport majmuasida boʻlib oʻtadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu nufuzli oʻyinlar dasturiga ilk marotaba milliy sportimiz kurashning kiritilganidir. “Osiyo bolalari” VII xalqaro sport oʻyinlarining kurash musobaqalarida oʻgʻil bolalar 5 ta, qizlar esa 4 ta vazn toifasida oʻzaro bellashadilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring