Oʻzbek futbolida noodatiy holat: “Navoiy FA”ga tez yordam mashinasi maydonni tark etgani uchun texnik magʻlubiyat yozildi
13-sentyabr kuni Oʻzbekiston Birinchi ligasi 14-turidan oʻrin olgan uchrashuvda “Navoiy FA” oʻz maydonida “Xorazm FA” klubini qabul qildi. Ammo bellashuv kutilmagan tarzda yakunlandi: mezbon jamoaga texnik magʻlubiyat yozildi. Bu haqda Professional futbol ligasi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Maʼlumotga koʻra, oʻyinning 35-daqiqasida stadion hududidagi tez tibbiy yordam mashinasi nomaʼlum sabablarga koʻra maydonni tark etgan. Shuningdek, musobaqa reglamentining 13.5 va 14.18-bandlariga asosan, tibbiy yordam vositasi qaytishi uchun 30 daqiqa kutilgan, ammo bu amalga oshmagan.
Natijada, mezbon jamoa — “Navoiy FA” klubi oʻyinni oʻtkazish uchun masʼul sifatida aybdor deb topilib, unga texnik magʻlubiyat yozildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring