Oʻzbek adabiyotshunos olimi Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot bilan taqdirlandi
Yalpi majlisda 2022-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinovga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofotni berish toʻgʻrisida MDH PA Kengashining qarori qabul qilindi. Yalpi majlisda olimga mukofotni Qirgʻiziston Respublikasi delegatsiyasi rahbari Nurlanbek Shakiyev topshirdi.
Shuhrat Sirojiddinov matnshunoslik va adabiyotshunoslik sohasida yirik olim sifatida tanilgan, oʻzbek mumtoz adabiyoti, dinshunoslik va tarjima nazariyasiga oid qator ilmiy asarlariga ega. Yozuvchi 140 dan ortiq ilmiy maqolalar, 16 ta monografiya va oʻquv qoʻllanmalari muallifi.
Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Keneshi taklifi bilan 2012-yil noyabr oyida taʼsis etilgan. Mukofot har yili madaniyat, maʼrifat sohasidagi xizmatlari, gumanitar fanlar, adabiyot va sanʼat rivojiga, madaniy merosni oʻrganish va asrab-avaylash, madaniyatlar, millatlar hamda elatlarni yaqinlashtirish va oʻzaro boyitish, tinchlik va doʻstlikni mustahkamlashga, shuningdek, davlatlar oʻrtasidagi maʼnaviy aloqalarni rivojlantirishga qoʻshgan hissa uchun beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring