Oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yoʻlida
Gʻayrat Otajonov/“Xalq soʻzi”. Qozogʻiston Respublikasining Shohmardon Yesenov nomidagi Kaspiy texnologiyalar va injiniring universiteti prezidenti Berik Ahmetov boshchiligidagi delegatsiya Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Bundan koʻzlangan maqsad oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat. Anʼanaga koʻra, mehmonlar non-tuz bilan kutib olindi. Institutning “Siy perde” va “Baldauren” ansambllari ijrosidagi milliy qoʻshiqlar delegatsiya aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.

Qozogʻistonlik mehmonlarga institut rektori Quvondiq Qodirov Ajiniyoz muzeyini tanishtirib, bu yerdagi eksponatlar haqida maʼlumot berdi. Shundan soʻng ikki oliy taʼlim muassasasi rahbarlarining rasmiy uchrashuvi oʻtkazildi.
Muloqot jarayonida taʼlim, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar yoʻnalishlarida hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish muhimligi taʼkidlandi. Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashinuvi, oʻquv-metodik resurslar hamda laboratoriyalardan birgalikda foydalanish, xalqaro ilmiy bazalar, ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, ilmiy konferensiyalar tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Uchrashuvda qayd etilgan masalalar boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida shartnoma imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring