Ozarbayjon—Oʻzbekiston qoʻshma startap tanlovini oʻtkazish taklif etildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmatlar koʻrsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi (ASAN) raisi Ulvi Mextiyev bilan muzokara olib bordi.
Uchrashuv davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmatlar koʻrsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi (ASAN) oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash masalasi muhokama qilindi. Faoliyatni kengaytirish, tajriba hamda yangi gʻoyalar va texnologiyalarni almashish maqsadida har bir tomonning qoʻshni mamlakatda vakolatxonalarini ochish masalasi boʻyicha fikr almashildi. Xususan, vazirlik huzuridagi Inno texnopark hududida “Ozarbayjon innovatsiyalar va texnologiyalar markazi” hamda Ozarbayjonning “InnoLand” inkubatsiya akseleratsiya markazi hududida “INNO innovatsiyalar va texnologiyalar boʻyicha vakillik markazi”ni ochish masalasiga toʻxtab oʻtildi. Ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan innovatsion gʻoyalarga ega yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirishga qaratilgan “Ozarbayjon—Oʻzbekiston” qoʻshma startap tanlovini tashkil etish lozimligi qayd etildi. Tomonlar shuningdek, texnologiyalar transferi sohasida, axborot texnologiyalari, taʼlim, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi va sanoat sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish dolzarb ekanligiga urgʻu berdilar.
Ulvi Mextiyev “ASAN” murojaat platformasi haqida maʼlumot berib, ijtimoiy masalalar va muammolarni hal etishga qaratilgan murojaatlarni qabul qilishning mazkur milliy tizimining afzalliklari haqida soʻzladi. Ushbu tizim asosida sunʼiy intellektdan foydalangan holda universitet talabalaridan soʻrov va arizalarni qabul qilish va mavjud muammolarni hal qilish boʻyicha yangi platforma yaratish imkoniyatlari haqida fikr almashildi.
Bundan tashqari, muayyan vazifa va muammolarni hal qilishga qaratilgan qoʻshma onlayn va oflayn tadbirlar, xalqaro va mahalliy startap koʻrgazmalar, uchrashuvlar, konferensiyalarni tashkil etishga kelishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring