Ozarbayjonda Oʻzbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida mamlakatimizning Boku shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdilar.
Yetakchilar ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar.
Davlat rahbarlari diplomatlarning ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan samarali faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Elchixona zallari Oʻzbekiston hududlari nomi bilan atalgan. Prezidentimiz xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlik ramzi sifatida zallardan biriga Qorabogʻ nomini berishni taklif etdi.
Yakunda Prezidentlar elchixonaning Faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring