Ozarbayjon va Armaniston tinchlik kelishuvi loyihasini eʼlon qildi
Foto: AFP
Ozarbayjon va Armaniston AQSHning Vashington shahrida imzolangan, 17 moddadan iborat tinchlik kelishuvi matnini eʼlon qildi. Hujjat matni ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari rasmiy saytlarida joylashtirildi.
Kelishuvda quyidagi asosiy shartlar belgilangan:
— ikki davlat bir-birlariga hududiy daʼvo qila olmaydi;
— taraflar bir-biriga qarshi kuch ishlatmaslikka kelishdi;
— chegarada uchinchi mamlakat qoʻshinlari joylashtirilmaydi;
— chegarani delimitatsiya qilish alohida bitim asosida amalga oshiriladi;
— ikki davlat ham separatizm va terrorizmning barcha turlarini qoralab, ularga qarshi oʻz yurisdiksiyasi doirasida kurash olib boradi;
— ichki qonunlar tinchlik kelishuvi shartlarini bajarmaslikka asos boʻla olmaydi;
— kelishuv ijrosini nazorat qilish uchun qoʻshma komissiya tuziladi;
— kelishuv kuchga kirgandan soʻng bir oy ichida ikki davlat ham bir-birlariga qarshi xalqaro maydonlarda kiritilgan daʼvolarni qaytarib oladi;
— iqtisodiy va gumanitar sohalarni ham oʻz ichiga olgan hamkorlik boʻyicha qoʻshimcha bitimlar imzolanishi mumkin;
— ratifikatsiya hujjatlari almashilgandan soʻng diplomatik aloqalar oʻrnatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring