Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi
Avval xabar berilganidek, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga kelgan.
Bugun, 1-aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi S.Gafarova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan barpo etilgan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya aʼzolariga Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev hamrohlik qilmoqda.
Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi S.Gafarova “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.
Mehmonga majmuada aks ettirilgan tarixiy voqealarning mazmuni haqida soʻzlab berildi.
Mazkur bogʻ qisqa muddatda barpo etilgani, tarixchi olimlar, ijodkor ziyolilar, nuroniylar va yoshlar bilan maslahatlashib, “Yangi Oʻzbekiston” majmuasining gʻoyaviy va meʼmoriy yechimlariga alohida eʼtibor qaratilgani delegatsiya aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring