Ozarbayjon Armanistondan chegaradagi toʻrt qishloqni qaytarishni talab qildi

Illyustrativ foto
Boku Yerevandan chegaradagi toʻrtta ozarbayjon qishlogʻini qaytarishni talab qildi.
Ozarbayjon Armanistondan chegaradagi toʻrt qishloq – Baganis Ayrim, Ashagi Askipara, Xeyrimli va Qizilgajilini qaytarishni talab qildi.
Ozarbayjon Bosh vaziri oʻrinbosari Shahin Mustafoyevning soʻzlariga koʻra, bu qishloqlarning Bokuga tegishliligi “shubhasiz va ular zudlik bilan ozod qilinishi kerak”.
Bosh vazir oʻrinbosari idorasi Ozarbayjonning chegaradagi 31 ta arman qishlogʻini bosib olgani haqida ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan maʼlumotni ishonchsiz deb atadi.
Ozarbayjon parlamenti deputati Fazail Agamalining taʼkidlashicha, respublika hukumati mamlakat hududiy yaxlitligini tiklash uchun Armanistonda harbiy operatsiya oʻtkazishi kerak.
Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan avvalroq mamlakatda Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi tuzish imkoniyati borligini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring