Oʻz uyidan quvilayotgan falastinliklar: dunyo hamjamiyati hamon jim qolmoqda

HAMAS Isroil rahbarini sulh va garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha muzokaralarga toʻsqinlik qilishda ayblamoqda.
Guruhning aytishicha, Isroilning Gʻazo sektori boʻylab hujumlarini kuchaytirishi urushni tugatish boʻyicha muzokaralarga yordam bermayapti va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu muzokaralarga toʻsiq yaratmoqda.
HAMAS rahbari Ismoil Haniya dushanba kuni qilgan bayonotida Gʻazodagi voqealarning halokatli oqibatlari muzokaralar jarayonini eski holatga qaytarib qoʻyishidan ogohlantirdi.
Bayonotda aytilishicha, Gʻazo mahallalarida haddan tashqari koʻp evakuatsiya qilish holatlari koʻpaymoqda. Minglab falastinliklar bir joydan ikkinchi joyga koʻchib oʻtmoqda. Yakshanba kuni Isroil harbiylari shimoldagi Gʻazo shahrining Tuffah, Daraj va Eski Shahar mahallalarini zudlik bilan evakuatsiya qilishga buyruq bergan.
Guruhning taʼkidlashicha, bunday tajovuzkorliklar kelishuvga erishish uchun barcha saʼy-harakatlarni toʻxtatishga qaratilgan.
“Al Jazeera” jurnalistining xabar berishicha, Gʻazo markazidagi Dayr al-Balah hududi allaqachon anklavning turli hududlaridan koʻchirilgan falastinliklar bilan toʻlib toshmoqda. Jurnalist koʻchishga qaror qilmagan falastinliklar bilan gaplashganda borish mumkin boʻlgan xavfsiz joyning oʻzi yoʻqligini aytishgan.
Isroil kuchlari 8-iyul kuni chodir lagerlarida reyd oʻtkazib, 4 nafar isroillikni qutqarish uchun 274 falastinlikni oʻldirgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Isroil kuchlari Gʻazoning Shujaya atrofida quruqlikdagi operatsiyalarni kengaytirgan. Qoʻshinlar maktab va klinikalarga bostirib kirib, vayron qilmoqda. Shuningdek, Rimal mahallasini evakuatsiya qilish boʻyicha buyruq berilgan.
Isroilning yangi hujumi Misr, Qatar va Qoʻshma Shtatlar Isroil va HAMAS oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga vositachilik qilish harakatlarini kuchaytirgan paytga toʻgʻri keldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring