OTM shartnoma toʻlovida ota-onalarga beriladigan soliq imtiyozida endi yosh chegarasi olib tashlandi

09:51 16 Avgust 2025 Jamiyat
267 0

Illyustrativ foto

Professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun toʻlanadigan mablagʻlarga soliq boʻyicha beriladigan imtiyoz tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi.

Endilikda oliy taʼlim muassasalari uchun kontrakt toʻlovi qilinganda farzandning yoshidan qatʼi nazar 12 foizlik daromad soligʻidan imtiyoz beriladi.

Soliq kodeksiga muvofiq fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining OTMlarda oʻzining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan er va xotinining yoʻnaltiriladigan toʻlovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi.

Shuningdek, oʻzining, farzandlarining yoki er va xotinining oʻqishi uchun mablagʻ toʻlanganda soliq chegirmasi taʼlim oluvchiga, uning ota-onalariga hamda yigirma olti yoshga yetmagan rafiqasi yoki eriga beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер