OTM rektorlarining vakolati kengaytiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Byurokratiya sabab xususiy sektor boʻsh oʻrinlarni koʻrsatishdan manfaatdor emas, shu bois, oliygoh bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha xususiy sektor uchun maʼqul keladigan tizim yaratilishi belgilandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qayd etilishicha, buning uchun Tadbirkorlar reytingida alohida koʻrsatkich qoʻshiladi. Bunda tadbirkorlar oʻzidagi boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni mutaxassislik yoʻnalishi bilan kiritadi.
Platformaga oliygohlar ham ulanib, oliygohning “karyera markazi” bitiruvchini boʻsh oʻrni bor korxona bilan bogʻlab beradi.
Eng muhimi, bitiruvchini ishga olganlik uchun tadbirkorga qoʻshimcha ball beriladi.
Bitiruvchisini yarmidan koʻpini ishga joylagan “karyera markazi”ga oliygoh jamgʻarmasidan 500 million soʻm mukofot beriladi.
Davlatimiz rahbari rektorlar vakolatini kengaytirish va masʼuliyatini oshirish boʻyicha yangi tizim joriy qilish zarurligini taʼkidladi.
Endilikda, “Yangi Oʻzbekiston” universitetining baholash tizimi oliygohlarda ham yoʻlga qoʻyiladi.
Moliyalashtirish oliygohlar toʻplagan ballariga qarab amalga oshiriladi.
Oliygohlarga bitiruvchilar bandligiga qarab – 40 ball, ilmiy tadqiqotlar uchun tarmoq buyurtmasi va mahsulotini sotishiga qarab – 30 ball, ilmiy salohiyati, tan olingan xalqaro jurnallardagi maqolalari uchun – 20 ball; tadqiqotlar uchun jalb qilgan mahalliy va xorijiy grant uchun 10 ballgacha beriladi.
Masalan, Qarshi texnika universiteti jami ballarning 85 foizini toʻplasa, bu yilgi byudjetdan berilayotgan 78 milliard soʻmga qoʻshimcha 20 foizlik bonus beriladi. Agar 56 foizdan kam toʻplasa, keyingi oʻquv yiliga moliyalashtirish qisqaradi.
Milliy universitet, Irrigatsiya kabi ilmiy oliygohlar, Madaniyat va sanʼat, Konservatoriya kabi ijtimoiy oliygohlarni texnika yoʻnalishidagi amaliy oliygohlar bilan tenglashtirib boʻlmasligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga reyting mezonlarini ishlab chiqishda buni ham hisobga olish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring