“Oʻtkan kunlar” romani qirgʻiz tilida chop etildi

11:29 10 Aprel 2025 Jamiyat
182 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda faoliyat olib borayotgan “Улуу тоолор” nashriyotida Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani qirgʻiz tilida “Өткөн күндөр” nomi bilan chop etildi.

— Uchqun Abdilazizov tarjima qilgan ushbu asarga “Oʻzbekiston — Qirgʻiziston” doʻstlik jamiyati raisi, xalqaro Chingiz Aytmatov akademiyasi akademigi Zuhriddin Isomiddinov taqriz va soʻzboshi yozgan, — deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyat boʻlimi rahbari Xurshida Vahobjon qizi. — Asarning tarjimasiga qardosh ijodkorlarimiz yuqori baho berdi. Shundan soʻng oʻquvchilar hukmiga taqdim etildi. Umid qilamizki, asar qardosh xalq oʻquvchilariga ham manzur boʻladi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Respublikalari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar tobora mustahkamlanib bormoqda. Yangi kitob har ikkala davlat ijodkorlari oʻrtasidagi ijodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga turtki boʻlishi muqarrar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер