Oʻtgan yilda isteʼmolchilar eng koʻp qaysi sohadan shikoyat qilishdi?

11:11 23 Yanvar 2019 Jamiyat
1972 0

Illyustrativ foto

Isteʼmolchilar foydasiga jami 7 824 700 400 (yetti milliard sakkiz yuz yigirma toʻrt million yetti yuz ming toʻrt yuz) soʻm yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi. Bu haqda Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “Xalq soʻzi”ga taqdim qilingan hisobotida eʼlon qilingan.

Jumladan, 2018 yilda fuqarolarning murojaatlarini oʻrganib, sohalar kesimida tahlil qilinganda isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi savdo sohasiga tegishli ekani ayon boʻlmoqda.

  • savdo sohasiga 4083 ta;
  • tabiiy gaz taʼminoti sohasiga 2409 ta;
  • elektr taʼminoti sohasiga 1908 ta;
  • suv taʼminoti sohasiga 795 ta;
  • kommunal xizmat koʻrsatish sohasiga 648 ta;
  • aloqa sohasiga 453 ta;
  • transport sohasiga 382 ta;
  • sogʻliqni saqlash sohasiga 248 ta;
  • boshqa sohalarga 2163 ta.

Fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish mobaynida hududlarda aynan savdo, tabiiy gaz va elektr taʼminoti sohalari bugungi kunda yechimini kutayotgan ishlar koʻpligidan dalolat bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda fuqarolar federatsiyaga jami 14127 ta murojaat tushgan boʻlsa, 2018 yilda bu koʻrsatkich kamayib, 13089 tani tashkil etgan. 2017 yilda eng koʻp murojaat tabiiy gaz taʼminoti yuzasidan kelgan edi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning quyi tuzilmalari tomonidan yil davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda federatsiya kengashi tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining markaziy va hududiy ijro etuvchi organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma ijrosini taʼminlash borasida aholining isteʼmolchi sifatidagi huquqiy manfaatlarini himoyalash borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?