Oʻtgan yilda 1907 nafar mansabdor korrupsiya bilan bogʻliq jinoyati sabab javobgarlikka tortilgan
Illyustrativ foto
Oliy Majlis Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida Respublika Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi.
Murodovning taʼkidlashicha, hisobot davrida Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 1 907 nafar mansabdor shaxslar turli koʻrinishdagi mansabdorlik jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 48 nafarini respublika miqyosidagi vazirliklar va idoralar, 191 nafarini viloyat hamda 1 668 nafarini tuman (shahar) darajasidagi idoralar vakillari tashkil etadi.
Aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga murosasizlik hissini shakllantirish maqsadida 6 819 ta uchrashuvlar oʻtkazildi, ommaviy axborot vositalari orqali 948 marotaba chiqishlar qilindi.
Korrupsiyaning oldini olishga bagʻishlangan videoroliklar tayyorlanib, televideniye orqali muntazam namoyish qilinishi tashkil etildi.
Har bir davlat idorasi tizimida jinoyat, shu jumladan korrupsiya xavf-xatarlarini va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish
(compliance-control) boʻyicha oʻz strategiyasini ishlab chiqish ishlari boshlandi.
Shu bilan birga, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatish, chet davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilib, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Istambul harakatlar rejasi doirasida xalqaro ekspertlarning mamlakatimizga tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, korrupsiya uchun javobgarlik, tergov va sud ishlarini yuritish, davlat xaridlari, ommaviy boshqaruvda shaffoflik masalalarida 12 ta sessiyalar oʻtkazilib, Oʻzbekiston tomonidan 4-raund monitoring tavsiyalarining bajarilishi muhokama etildi hamda olib borilayotgan islohotlar va yutuqlar ijobiy baholandi, deya gapirib oʻtdi Bosh prokuror.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring