OTB Qoraqalpogʻistondagi yoʻlni modernizatsiya qilish uchun 230 mln dollardan ziyod mablagʻ ajratadi
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistonga 233,1 mln dollar miqdorida qarz ajratishni maʼqulladi. Mablagʻlar Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (CAREC) doirasidagi 2-koridorning muhim qismi boʻlgan yoʻlni modernizatsiya qilishga yoʻnaltiriladi.
Loyiha doirasida Gʻuzor–Buxoro–Nukus–Beyneu (A-380) avtomagistralining Qoraqalpogʻiston hududidagi 87 km qismi rekonstruksiya qilinadi. Shu jumladan, Toʻrtkoʻl–Ellikqalʼa–Beruniy yoʻnalishida 75 km yangi aylanma yoʻl quriladi, mavjud A-380 yoʻlining 12 km qismi yangilanadi.
Loyihaga iqlim barqarorligini taʼminlaydigan elementlar kiritilgan: sement-beton qoplamasi, balandroq yoʻl toʻshamalari, zamonaviy drenaj tizimlari va iqlim oʻzgarishi hamda keskin ob-havo holatlariga qarshi turish imkonini beruvchi texnologiyalar.
Shuningdek, OTB intellektual transport tizimlari va harakatlanishda avtomatik tarozilar oʻrnatilishini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu yoʻlda harakat nazoratini kuchaytirish, yuk normalarini taʼminlash va yoʻllarni saqlash xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
Yoʻl koridori boʻylab 5 ta dam olish va servis maskanlari quriladi. U yerda elektromobillar uchun zaryadlash stansiyalari, shuningdek, xotin-qizlar ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan xavfsiz va qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Loyihaning umumiy qiymati 293,7 mln dollarni tashkil etib, shundan 60,6 mln dollari Oʻzbekiston hukumatining ulushiga toʻgʻri keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring