Otabek Umarov OOK vitse-prezidentligiga saylandi
Foto: Milliy olimpiya qoʻmitasi
Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining (OOK) Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 8-sentyabr kuni Nyu-Dehli shahrida OOK Bosh assambleyasi boʻlib oʻtmoqda, uning doirasida tashkilotning rahbarlik lavozimlariga saylovlar boʻlib oʻtgan. OOK prezidenti lavozimiga tashkilotga vaqtinchalik rahbarlik qilgan Raja Randhir Singx saylandi. Shuningdek, 5 ta hudud boʻyicha vitse-prezidentlar ham saylangan.
Biz uchun ahamiyatli tarafi, Otabek Umarov Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afgʻonistonni oʻz ichiga olgan Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha tashkilotning vitse-prezidenti etib saylangan.
Bungacha Umarov muddati qisqa boʻlgan davr - Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha vitse-prezident edi. Bu vaqtinchalik lavozim musobaqa yakunigacha amal qilsa, Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidentlik doimiy xarakterga ega va endi u qitʼadagi 5 mintaqadan birida Olimpizm rivojiga masʼul boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring