Ota-bola “qora bozor”da umumiy 900 millionga baholangan psixofaol dorilarni sotmoqchi boʻldi

Toshkent viloyatida umumiy qiymati 900 million soʻmga baholangan psixofaol dorilarni sotmoqchi boʻlgan shaxslarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining matbuot kotibi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB, DXX va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro nazoratdagi xaridorga 70 dona “Aminometil” hamda 3 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 4 million 300 ming soʻmga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, ayblanuvchining yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan. Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, mazkur dorilarni nazoratdagi xaridorga 1981-yilda tugʻilgan shaxs (aylanuvchining otasi) yetkazishi kerak edi, ammo ota bu ish uchun 18 yoshli oʻz farzandini yuborgan.
Tezkor tadbir davom ettirgan masʼul tashkilotlar ota-bolaning yashash xonadoni koʻzdan kechirdi. Natijada 9,8 ming dona “Zardeks”, 250 dona “Aminometil” hamda 15 dona “Tropikamid” borligini aniqladi. IIBBning xabariga koʻra, ushbu kuchli taʼsirga ega dorlarning taxminiy narxi qora bozorda 857 milliondan ortiqroq turadi. Ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
“Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 251/1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib olgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring