Ostonadagi uchrashuv taʼsiri: Xitoy parlamenti delegatsiyasi yurtimizga keldi
Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
6-iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Chjao Leszi boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif Samarqand shahridan boshlangan. XXR delegatsiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov hamrohlik qilmoqda.
“Keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning yuksak siyosiy irodasi bilan hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Xususan, oliy darajadagi uchrashuvlar muntazamlik kasb etib, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda. Tashrif davomida muzokara va uchrashuvlar oʻtkazish, ularda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash borasida parlamentlar oldida turgan vazifalarni muhokama qilish koʻzda tutilgan”, deyiladi xabarda.
Qayd etish joizki, Ostona shahriga amaliy tashrif doirasida 3-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning muzokaralari boʻlib oʻtgandi. Ushbu uchrashuvda koʻplab hamkorlik tarmoqlari koʻrib chiqilgan edi. Mazkur jarayonni yanada rivojlantirish maqsadida XXR delegatsiyasi tashrifi sodir boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring