“Osmondagi bolalar 3” badiiy filmini suratga olish ishlari davom etmoqda
Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida «Oʻzbekfilm» kinostudiyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Osmondagi bolalar 3” badiiy filmining kichik ijodiy guruhi shu kunlarda tasvirga olish ishlari bilan AQSHning Nyu York shahrida xizmat safarini davom ettirmoqda. Film voqealar rivojini Filadelfiya shahrida ham suratga olish rejalashtirilgan.
Ushbu filmning birinchi va ikkinchi qismlari xalqimizga manzur boʻlgan va tomoshabinlar qalbidan joy olgan edi. Filmning uchinchi qismida qahramonlarning voyaga yetgan davrlaridagi voqealar haqida soʻz boradi.
Film postanovkachi rejissyori Zulfiqor Musoqov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, postanovkachi operator Azizbek Arziqulov, postanovkachi rassom Mariya Soshina, liboslar boʻyicha rassom Irina Litvinenko, kartina direktori Shuhrat Hamidullayev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring