Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi rahbari “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi
Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Majid Abdulla Rashid boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari amaliy tashrif bilan yurtimizda boʻlishdi.
Tashrifning ikkinchi kunida janob Majid Abdulla Rashid oʻz hamrohlari bilan koʻhna va hamisha navqiron Samarqand shahrida boʻlishdi. Samarqandga tashrifi doirasida yuqori martabali “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti bilan tanishdi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad – turizm va sport sohasida belgilangan rejalarni amalga oshirishda universitet faoliyati bilan tanishish edi.
Tashrif davomida mehmonlar universitetda imkoniyati cheklangan insonlarga yaratilgan sharoitlar, talabalarning laboratoriyalarda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishi, ularning sport va ijodiy ish bilan shugʻullanishi uchun jihozlangani, zamonaviy kutubxonada Osiyo tarixi, madaniyati va merosi haqida nodir nashrlar toʻplangan katta adabiy zaxira mavjudligiga alohida eʼtibor qaratishdi.
Uchrashuv yakunida janob Majid Abdulla Rashid universitet talabalari uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi va ularga nafaqat sport sohasida, balki oʻqishda ham muvaffaqiyat tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring