Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Toshkentga keldi

15:44 10 Noyabr 2022 Sport
840 0

Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Majid Rashed hamda tashkilot Bosh kotibi Tarek Souey Oʻzbekistonga keldi. Martabali mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev kutib oldi.

Tashrif davomida Majid Rashed 2025-yil Yoshlar oʻrtasidagi IV Osiyo va V Para Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun Toshkentda barpo etiladigan Olimpiya shaharchasining qurilish ishlari boshlanishi munosabati bilan tamal toshi qoʻyilishiga bagʻishlangan tantanali tadbirda ishtirok etadi.

Shuningdek, Majid Rashed Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?