Osiyo chempionatida yana uch medal

04:58 22 Iyun 2022 Sport
699 0

Hindistonning Nyu-Deli shahri mezbonlik qilayotgan velotrek boʻyicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz navbatdagi medallarini qoʻlga kiritdi. Bu gal Vladislav Troman, Yanina Kuskova hamda Sofiya Karimova shohsupaga koʻtarilishdi.

Dastlab yoshlar toifasidagi bahslarda omnium dasturida ishtirok etgan Troman 126 ochko jamgʻarib, jamoamizga chempionat doirasidagi uchinchi bronza medalini taqdim qildi. Oltin medal qozogʻistonlik sportchiga nasib etgan boʻlsa, Malayziya terma jamoasi vakili shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarildi.

Velotrek boʻyicha OCH,

Yigitlar (U-20), omnium

1. Ilya Karabutov (Qozogʻiston) – 138 ochko

2. Mohd Muhammad Xafik (Malayziya) – 133

3. Vladislav Troman (Oʻzbekiston) – 126.

Shuningdek, ushbu musobaqada delegatsiyamizning dastlabki medaliga mualliflik qilgan Yanina Kuskova bu safar ham yana bir bronza medaliga ega chiqdi. Sportchimiz ayollar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi mashqida Yaponiya va Koreya Respublikasi vakilalaridan keyin uchinchi natijani qayd etdi.

Velotrek boʻyicha OCH,

Ochkolar boʻyicha guruh poygasi, ayollar

1. Uchino Tsuyaka (Yaponiya) – 63 ochko

2. Kang Xyunkyung (Koreya Respublikasi) – 43

3. Yanina Kuskova (Oʻzbekiston) – 28 ochko.

Qolaversa, Sofiya Karimova ham mazkur qitʼa birinchiligida yana bir medalni oʻz hisobiga yozib qoʻydi. Kecha yoshlar oʻrtasida ochkolar boʻyicha guruh poygasi dasturida bronza medaliga sazovor boʻlgan Karimova bu gal skretch yoʻnalishida muvaffaqiyatli qatnashdi.

Velotrek boʻyicha OCH,

Skretch, qizlar (U-20)

1. Nye Si Xui (Malayziya)

2. Ikeda Mizuki (Yaponiya)

3. Sofiya Karimova (Oʻzbekiston).

Shu tariqa, terma jamoamizning mazkur musobaqada qoʻlga kiritgan medallari 5 ta bronzani tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер