Osiyo chempionati doirasida navbatdagi medallar
Malayziyaning Nilay shahrida velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha kattalar, yoshlar va parasportchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Musobaqaning beshinchi kungi bahslari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Ayollar oʻrtasida tashkil etilgan medison dasturida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Nafosat Koziyeva hamda Asal Rizayeva yana kuchlilar qatorida boʻldi va hisobimizga navbatdagi medalni qoʻshib qoʻydi.
Ayni damda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hisobida 2 ta oltin va 3 ta bronza medallari mavjud.
Mahallada yangi sport inshooti
Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi “Gul” MFY hududida zamonaviy sport zali hamda ikki qavatli maʼmuriy bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Mahalla koʻrkiga-koʻrk qoʻshgan ushbu inshootlar Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi mablagʻlari hisobidan bunyod etildi.

Yangi tipdagi sport zalining oʻlchami 9x18 metr boʻlib, unda qator sport turlari bilan shugʻullanish va musobaqalar oʻtkazish mumkin.
Inshootning ochilish marosimida tuman hokimligi va viloyat sport boshqarmasi rahbariyati hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Yosh xokkeychilarimiz jahon chempionatida qatnashadi
Shu yilning 28-fevralidan 6-mart sanasigacha Taylandning Bangkok shahrida sportning xokkey turi boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

Kuni kecha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari (U-18) oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun Bangkok shahriga uchib ketishdi.
Uning doirasida 27-28-fevral kunlari qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida oʻquv-mashgʻulot yigʻini ham boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Sport vazirligi axborot xizmati maʼlumotlari asosida
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
Zebo JUMAYEVA tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring