Oshqozon kichraytirish amaliyoti qanchalik xavfsiz?

10:58 12 Iyun 2023 Jamiyat
446 0

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori oʻrinbosari Shuhrat Hoshimovning aytishicha, tibbiyotdagi aksariyat muolajalar qarshi koʻrsatmalarga ega. Shu maʼnoda oshqozon kichraytirish amaliyotini ham qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar mavjud.

Eng avvalo, surunkali yurak kasalligiga chalingan insonlarda bariatriya operatsiyasini bajarish tavsiya etilmaydi.

Qolaversa, buyrak yetishmovchiligi yoki jigar, oʻsma xastaliklari bor bemorlarda ham bu muolajani oʻtkazish mumkin emas.

— Amaliyotdan soʻng bemorlarda qanday salbiy asoratlar kuzatilishi mumkin?

— Bariatrik jarrohlikdan keyin inson toʻyinishi uchun oz miqdordagi oziq-ovqat ham yetarli boʻladi. Qolaversa, bu muolaja usuli semirish bilan bogʻliq koʻplab jiddiy kasalliklarga barham berishi bilan ahamiyatli.

Biroq mazkur operatsiya asoratlardan xoli emas.

Yaʼni, amaliyotdan soʻng bemorning kesilgan joyidan qon ketishi, temir tanqisligi anemiyasi rivojlanishi mumkin. Baʼzi hollarda oʻn ikki barmoqli ichakdagi safro oshqozonga zarda boʻlib chiqishi kuzatiladi.

Shuningdek, ushbu amaliyotni qoʻllaganlarda oshqozonning shilliq qavatida yaxshi soʻriladigan B12, D3 vitaminlari kamayib ketishi uchraydi.

Shunga qaramay, operatsiyadan keyingi ushbu asoratlar qiyinchiliksiz bartaraf etiladi va bu bemorlar hayotiga xavf tugʻdirmaydi. Jarrohlik amaliyotidan soʻng ozish nafaqat semizlik asoratlaridan qutilish, balki yana uzoq yil sifatli hayot kechirish imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?