“Oscar” mukofotiga nomzodlarni eʼlon qilish boshlandi

Kino sanʼati va fanlari akademiyasi “Oscar” mukofoti uchun 10 ta nominatsiya boʻyicha qisqa nomzodlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Bu roʻyxatdan hujjatli toʻliq metrajli film, hujjatli qisqa metrajli film, xalqaro badiiy film, grim va soch turmagi, musiqa (asl musiqa), musiqa (asl qoʻshiq), animatsion qisqa metrajli film, jonli ijroli qisqa metrajli film, ovoz va vizual effekt yoʻnalishlari joy olgan.
“Eng yaxshi xorijiy badiiy film” nominatsiyasiga 15 ta kinoasar kiritildi. Ular orasida “Men hali shu yerdaman”, “Emiliya Peres”, “Ignali qiz”, “Toʻlqinlar” hamda Islandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Latviya, Norvegiya, Falastin va Tailand kinoustalari taqdim etgan ishlar bor.
“Eng yaxshi hujjatli film” yoʻnalishi listga “Qora quti kundaliklari“, “Dagomeya”, “Frida”, “Gollivudgeyt” va “Chinni urushi” kiritildi.
“Eng yaxshi musiqa” nominatsiyasiga “Nomzodlar”, “Konklav”, “Yovvoyi robot”, ”Bitljus Bitljus” va “Boshqotirma-2” daʼvogarlik qilmoqda.
Shuningdek, “Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film”, “Eng yaxshi grim va soch turmagi”, “Eng yaxshi qoʻshiq”, “Eng yaxshi qisqa metrajli multfilm”, “Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film”, “Eng yaxshi ovoz” va “Eng yaxshi vizual effektlar” nominatsiyalarida “Oscar”ga nomzodlar roʻyxati eʼlon qilindi.
Mukofot jami 23 ta nominatsiyada taqdim etiladi. Qolgan yoʻnalishlar 2025-yilning yanvar oyida eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Mukofotlarini tantanali topshirish marosimi esa 2025-yilning 2-martida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring