Ortizning promouteri Madrimovning nokaut boʻlishiga ishonmoqda
Birinchi oʻrta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov 22-fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtadigan boks oqshomida amerikalik 26 yoshli Verjil Ortisga qarshi vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun jang oʻtkazadi.
Mazkur jang borasida koʻplab bokschilar hamda mutaxassislar oʻz fikrlarini bildirishmoqda. Jumladan, Verjil Ortisning promouteri Oskar De La Xoyya ushbu jang muddatidan avval yakunlanishiga ishora qildi. Bu haqida “Boxing News” nashri xabar berdi.
“Ar-Riyoddagi jang oqshomi, shubhasiz, eng zoʻri boʻladi. Madrimov ikki qoʻlda ham kuchli zarba bera oladi, ammo Ortizning tajribasi koʻproq. Fikrimcha, jang erta yakunlanadi. Ortiz shu vaqtgacha 22 jang oʻtkazib, shundan 21 tasini muddatidan avval tugatgan. Bu raqamlar koʻp narsadan darak beradi”, — deydi u.
Promouterning qoʻshimcha qilishicha, Ortiz oʻzining soʻngi jangida ukrainalik Sergey Bogachukka qarshi kutilganidek harakat qilolmagan. U Madrimovga qarshi bahsda oʻzining haqiqiy sport formasini namoyish qiladi.
Shuningdek, Ortizning soʻngi raqibi Sergey Bogachuk mazkur jangda Madrimovning imkoniyatlarini yuqori baholagan.
“Menimcha, bu juftlikda Madrimov gʻolib boʻladi va biz kelajakda u bilan ringga chiqamiz. Mening u bilan jangim bekor boʻlgan. Ammo ishonamanki, biz hali ham jang qilish imkoniyatiga egamiz”, — degan u.
Maʼlumot uchun, bugunga qadar Isroil Madrimov professional boksda 11 ta jang oʻtkazib, 9 gʻalaba, 1 ta magʻlubiyat hamda 1 ta durrang qayd etgan. Madrimov gʻalabaga erishgan janglarining 7 tasini muddatidan avval yakunlagan.
Eslatib oʻtamiz, Ar-Riyoddagi mazkur boks kechasining asosiy jangida yarim ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni rossiyalik Artur Beterbiyev barcha kamarlarini rossiyalik yana bir taniqli bokschi Dmitriy Bivolga qarshi revansh jangida himoya qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring