Orolboʻyida 25-28-may kunlari “Rally Muynak” xalqaro ekstremal avtomobil musobaqalari boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 25-28-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida “Rally Muynak” xalqaro ekstremal avtomobil musobaqalari boʻlib oʻtadi.
Madaniyat va turizm vazirligi maʼlumotiga koʻra, toʻrtinchi bor xalqaro darajada tashkil etilayotgan ushbu musobaqa nafaqat Qoraqalpogʻiston, balki Oʻzbekiston miqyosidagi koʻpgina xorijiy turistlarni jalb qiluvchi oʻziga xos tadbir hisoblanadi. Soʻnggi yillarda mazkur musobaqaga boʻlgan qiziqish Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining sportchilari orasida borgan sari koʻpayib bormoqda. Jumladan, joriy musobaqada ham 40 dan ziyod avtomobil, 20 dan ziyod mototsikl va 10 dan ziyod avtokrosslarda (“Baggi”) umumiy hisobda 150 ga yaqin sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Sayyohlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga boʻlgan safarini uzaytirish maqsadida, bu yilgi tadbir jarayonlari 4 kun davom etadi. Kunduzgi vaqtlari sport avtomobillari, “Baggi” va mototsikllarda ekstremal musobaqalar, mahoratli oshpazlarning gastronomik tomoshalari boʻlib oʻtadigan boʻlsa, kechqurun mashhur didjeylarning musiqiy konsert dasturlari tashkil etiladi
Musobaqa trassasining umumiy uzunligi 425 kilometr boʻlib, ushbu masofaning aksariyat qismi Ustyurt tekisligi va Orol dengizining qurigan tubidagi ekstremal (yoʻlsiz) hududlardan iborat. Motokross va avtokross musobaqalari esa maxsus trassada oʻtkaziladi. Musobaqalarda dvigatel hajmi 1600 sm3 va 2000 sm3 boʻlgan maxsus uskunalangan sport avtomobillari, shu bilan birga dvigatel hajmi 1600 sm3 boʻlgan “Baggi” sport avtotransportlari hamda dvigatel hajmi 152 sm3 dan 500 sm3 gacha boʻlgan mototsikllar ishtirok etishadi.
Tashkilotchilarga koʻra, “Rally Muynak” ekstremal avtomobil musobaqalari doirasida sport avtomobillar, “Baggi” va mototsikllarning texnik jihatdan tayyorlash va koʻrgazmali chiqishlar boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring