“Oriyat” tadbirlari: OITSga chalingan ayol “xizmati”, tungi klubdagi giyohvand moddalar savdosi va “bangixona”

DXX va IIV tuzilmalari tomonidan 8-9-fevral kunlari mamlakatimiz miqyosida “Oriyat” keng koʻlamli tadbirlari oʻtkazildi.
Axloq va sogʻliqqa qarshi qaratilgan jinoyatlarni aniqlash, OIV (OITS), teri-tanosil hamda boshqa turdagi yuqumli kasalliklarni aholi orasida tarqalishining oldini olish maqsadida saunalar, SPA salonlar, massajxonalar, karaoke barlar, mehmonxonalar, xostellar va tungi klublar kabi jami 362 ta maskanlarda 506 ta reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Tekshirilgan obyektlarda aholi salomatligiga xavf solishi mumkin boʻlgan jami 2 469 nafar shaxslar bilan tushuntirish ishlari olib borildi va ularning 968 nafari mobil tarzda shifokor koʻrigidan oʻtkazilib, tegishli tibbiy xulosalarni oldi.
Aniqlangan holatlar boʻyicha qoʻzgʻatilgan 155 ta jinoyat ishlari doirasida 159 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. 437 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 1 236 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi hamda ularning 624 nafari rasmiy ogohlantirildi.
Aniqlangan holatlardan birida, 2005-yilda tugʻilgan ayol OITSga qarshi kurashish markazida roʻyxatda turib, boshqa shaxslar bilan tartibsiz jinsiy aloqa qilgan taqdirda, jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilganiga qaramasdan 5 kishi bilan jinsiy aloqa qilganligi aniqlandi. Turli miqdordagi pul evaziga xizmat koʻrsatib, ushbu shaxslarni OIV infeksiyasi yuqishi xavfi ostida qoldirganligi uchun unga Jinoyat Kodeksining 113-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi.
Xorazm viloyatida oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida Yangibozor tumanidagi tungi klub ish boshqaruvchisi boʻlgan 2004-yilda tugʻilgan shaxs klubda mijozlarga giyohvandlik vositalarini sotish bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlandi. Hodisa joyidan giyohvandlik vositasi, 2 dona bita, 2 dona pichoq va 1 dona elektroshoker ashyoviy dalil sifatida olindi.
1986-yilda tugʻilgan shaxs esa 2 nafar jinoiy sheriklari bilan birga Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi xonadonda sintetik giyohvandlik vositasini igna orqali qabul qilib, “bangixona” tashkil etganligi aniqlangan. Oʻtkazilgan shaxsiy tintuvlar jarayonida ulardan birining yonida qora rangli paketga oʻralgan sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring