Organ xodimlari toʻrt hududda “valyutchiklar”ni qoʻlga oldi
Valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Angren shahri boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro O.X. fuqaro K.Sh.ga 4 ming AQSH dollarini 48,8 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan 138 AQSH dollari, 16 ming 30 Rossiya rubli, 19,8 soʻm, 100 Serbiya dinari, 5 Turkiya lirasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Chortoq tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlanib, muqaddam sudlangan fuqaro E.Q. 4 ming AQSH dollarini 48,4 million soʻmga fuqaro U.Yu.ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Boʻstonliq tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.Sh. fuqaro K.O.ga 4 ming AQSH dollarini 48 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.
Bundan tashqari, departamentning Bekobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.B. va boshqalar fuqaro G.O.ga 38 ming 460 tojik somonini 50 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring