Oʻquvchining dual taʼlim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi

17:54 01 Noyabr 2025 Jamiyat
345 0

Prezidentning PQ–316-son qaroriga koʻra, 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqish davri ularning umumiy mehnat stajiga kiritiladi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Shuningdek, dual taʼlim tizimida oʻqiyotgan oʻquvchilarga maxsus platforma orqali har oylik stipendiya toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.

Bunda:

  • har oylik stipendiya bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi;
  • stipendiya Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan texnikumlarga ajratiladi;
  • agar oʻquvchining kasbiy koʻnikmalari yoki intizomi qoniqarsiz deb baholansa, stipendiya toʻlovlari toʻxtatiladi.

Dual taʼlimdagi oʻquvchilarga toʻlanadigan stipendiya bilan bogʻliq xarajatlar ularning amaliyot oʻtash uchun ajratilgan mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Bundan tashqari, mazkur qarorga muvofiq:

  • davlat xaridlarida texnikumlar ishlab chiqargan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larga 15 foizlik preferensiya beriladi;
  • davlat organlari va tashkilotlariga texnikumlarni jalb etgan holda quyidagi faoliyat yoʻnalishlarini autsorsing asosida tashkil etish huquqi beriladi;
  • kompyuter texnikalari, isitish, sovitish va elektr energiyasi tizimlari, shuningdek, avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish;
  • ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlarini amalga oshirish;
  • Kasbiy taʼlim agentligi bilan kelishilgan boshqa yoʻnalishlar.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер