Oʻquvchiga yordam berishga harakat qilingan – Oʻzbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatildi

16:14 19 Iyul 2024 Ilm-fan
358 0

Joriy yilning 7-14-iyul kunlari Qozogʻistonning Ostona shahrida 35-Xalqaro Biologiya olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, unda Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 4 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Olimpiadada, shuningdek oʻquvchilar bilan birga 3 nafar jamoa rahbari va oʻz hisobidan 2 nafar kuzatuvchi-oʻqituvchi qatnashdi.

Olimpiada sinovlaridan soʻng, tashkiliy qoʻmita tomonidan jamoalarning olimpiada nazorat materiallarini ingliz tilidan oʻz ona tillariga tarjima qilish jarayonida qoʻshimcha belgilardan foydalanish holatlari aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey pedagogi tomonidan oʻquvchisiga yordam berishga harakat qilingan.

Mazkur holat boʻyicha tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻquvchilarning natijalarini inobatga olmaslik qarori qabul qilindi.

«Shuni alohida taʼkidlash lozim: keyingi yilda Oʻzbekiston jamoasi ishtiroki masalasi hali aniq belgilanmagan.

Bu boʻyicha aniq qaror 2025-yil olimpiadasiga taklifnoma joʻnatish jarayonida maʼlum boʻladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchilarimizning nufuzli xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini taʼminlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?