Oqoltin tumani hokimi oʻrinbosari pora bilan qoʻlga tushdi

17:56 18 Iyul 2022 Jamiyat
1067 0

Foto: Illustrativ foto

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Oqoltin tumani hokimining oʻrinbosarlaridan biri oʻz xizmat xonasida mahalliy masʼuliyati cheklangan jamiyat ish yurituvchisidan 400 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs ushbu MCHJni birja savdolari orqali un mahsulotlari sotib olishiga toʻsqinlik qilish, imtiyozlar bermaslik hamda “qora roʻyxat”ga kiritish bilan qoʻrqitib, agarda 500 AQSH dollari bersa, kelgusida MCHJga rahnamolik qilishini bildirgan va ushbu maqsadda muqaddam 1 mln. soʻm olgan.

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?