Oʻqituvchi va 10 nafar shogird asarlari bir koʻrgazmada jo boʻldi

Sirdaryo viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Vatanimga mehrim — qalbim ranglarida” nomli ijodiy koʻrgazma ochildi. Koʻrgazmada viloyat ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi Gʻanisher Normatov va uning oʻn nafar shogirdi moʻyqalamiga mansub rang-tasvir asarlari namoyish qilinmoqda. Ushbu tadbir “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan oʻtkazilayotir.
Asarlarning har birida — Vatan mavzusi ustuvor. U qaysidir suratda piru badavlat bobo boʻlib koʻrinsa, yana birida daryo mavjlari sifatida aks etadi.
— Ona Vatanimiz tasvirlari uchun mavzularni betakror tabiatimizdan, odamlarning taftli chehrasidan tanlayman, — deydi yosh rassom Oʻgʻiloy Abdumajidova. — Masalan, birgina oʻzbekona hovlining oʻzidan Vatanimizning oʻnlab faqat oʻzimizgagina xos chizgilarini topish mumkin.
Maʼlumot uchun. Sirdaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatining 2020-yilgi bitiruvchilarining 70 foizi oliy oʻquv yurtlari talabasi boʻldi. Oʻqituvchi-ijodkorlarning 8 nafari Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi aʼzosidir.
Diyora MISRALIYEVA
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring