Oʻqituvchi va murabbiylarga hurmat – jamiyat taraqqiyotining asosi
Maʼlumki, 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni mamlakatimizda har yili keng nishonlanadi.
Bugun Oliy Majlis Senatiga barcha hududlardan kelgan 250 dan ortiq taʼlim fidoyilari, ustozlar va sohaning masʼul xodimlari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktablar va oliy taʼlim muassasalari pedagoglari tashrif buyurdi.
Oliy Majlis Senati aʼzolari ular bilan uchrashib, mamlakatimizda pedagog va murabbiylar maqomi, mehnat sharoitlariga qaratilayotgan eʼtibor, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oʻqituvchilik kasbi nufuzini oshirish kabi taʼlim sohasini rivojlantirishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda taʼlim sohasi mutaxassislarining fidokorona mehnati jamiyatimizning turli jabhalarida oʻz samarasini berayotgani, oʻsib kelayotgan avlodning tarbiyasida, pirovardida uning hayot yoʻlini tanlashda oʻz aksini topayotgani taʼkidlandi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi, oliy maktabni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot mobaynida pedagoglar tomonidan taʼlim tizimini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish jarayonida, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega boʻlgan taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Uchrashuv soʻngida ishtirokchilar Senat binosi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring