Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

00:44 30 Sentyabr 2023 Siyosat
728 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirish, sohada tub islohotlar samarasini oshirish, oʻquv-tarbiya jarayonlariga milliy va ilgʻor xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, oʻquvchi va talaba yoshlarga ilm-fan asoslari, zamonaviy kasb-hunarlarni oʻrgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari boʻlgan yetuk va barkamol avlodni shakllantirish yoʻlidagi katta xizmatlari, farzandlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:    

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi” faxriy unvoni bilan

Achilov Doʻsmurot Toshmurotovich - Karmana tumanidagi 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

Abdullayeva Dilbar Axmadovna - Jizzax shahridagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni bilan

Atajonov Ozod Artikovich - Hazorasp tumanidagi 32-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

Petrova Natalya Nikolayevna - Kattaqoʻrgʻon shahridagi 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Samarqand viloyati

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Sodiqov Qosimjon Pozilovich - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi professori

Eshtayev Anvar Kurganovich - Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Shadmanov Alisher Kayumovich - Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abdiyev Egamshukur - Koson tumanidagi 24-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Absalamova Muxabbat Qaxramonovna - Zarbdor tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

Axmadjonov Xasanboy Mirxakimovich - Paxtaobod tumanidagi 21-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining nemis tili fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Ziyoyeva Adolat Nurmatovna - Yuqori Chirchiq tumanidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent viloyati

Israilov Baxriddin Muxammadiyevich - Samarqand shahridagi 59-koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Urunboyev Shuxrat Minojidinovich - Fargʻona tumanidagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tasviriy sanʼat va chizmachilik fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Sharipova Muborak Mirzajonovna - Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abdunazarov Akmal Rahimovich - Tayloq tumanidagi 1-kasb-hunar maktabining maxsus fan oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Abipova Zamira Maksetbayevna - Nukus shahridagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Allaberganova Feruza Saparbayevna - Qoʻshkoʻpir tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining nemis tili fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

Asrorov Isak Urozboyevich - Sardoba tumanidagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

Yerejepova Aliya Nurberdiyevna - Tomdi tumanidagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

Ismatova Latofat Ubaydulloyevna - Sariosiyo tumanidagi 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Kamalov Amangeldi Bazarbayevich - Nukus davlat pedagogika institutining fizika oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Karimov Madjit Malikovich - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori

Kim Natalya Konstantinovna - Oʻrta Chirchiq tumanidagi 59-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Kulanov Danabay Burxanovich - Gʻallaorol tumanidagi 40-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

Qudratov Yusup Xolmirzayevich - Koʻkdala tumanidagi 39-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Muradova Matlubaxon Maxamadjonovna - Fargʻona viloyati “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi

Nabokina Alla Vladimirovna - Yakkasaroy tumanidagi 48-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fransuz tili fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Nishonov Dodonishon Xomidjonovich - Soʻx tumanidagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tarix fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Odinsova Natalya Yuryevna - Yashnobod tumanidagi 204-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri

Permatova Nailya Rifkatovna - Jarqoʻrgʻon tumanidagi 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Raximova Dilfuza Nigmatovna - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining menejment nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri

Tadjibayev Nozim Xakimjanovich - Uchqoʻrgʻon tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining tarix fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

Toʻychiyev Abdurauf Sharobidinovich - Asaka tumanidagi 24-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining fizika fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Xafizov Alisher Raximovich - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyining kimyo fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Yusupova Ofeliya Yunusovna - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining maxsus fortepiano kafedrasi professori

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Abduraxmonova Moxiraxon Ortiqovna - Qoʻqon shahridagi kasb-hunar maktabining maxsus fan oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Aliyev Rayimjon - Andijon davlat universitetining fizika kafedrasi professori, Andijon viloyati

Axmedova Masuda Xaydarovna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining torli cholgʻular boʻlimi maxsus fan oʻqituvchisi 

Jumanazarov Umurzak Abdurazakovich - Jizzax davlat pedagogika universitetining boshlangʻich taʼlim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori, Jizzax viloyati

Kenjayeva Zamira Normaxmatovna - Urgut tumanidagi 87-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Kilichov Kodir Bobakulovich - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Kuchmuradova Barnna Ernazarovna - Mirzaobod tumanidagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

Matyakubova Zulxumor Adambayevna - Uchtepa tumanidagi 81-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Muxamedova Mukambar Djurayevna - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining biologiya fani oʻqituvchisi

Nurullayeva Shoira Kushnazarovna - Urganch davlat universitetining tarix kafedrasi dotsenti, Xorazm viloyati

Nushbakova Karomat Normurodovna - Navoiy shahridagi 8-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

Raximova Zulayxo Ismoyilovna - Urganch tumanidagi 23-umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati

Rustamova Mavlyuda Erkinovna - Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining kafedra katta oʻqituvchisi

Samatov Nurilla Fayzillayevich - Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi

Tadjiyev Mirxatam Mirodilovich - Qibray tumanidagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Tajimova Muxabbat Abdukadirovna - Beruniy tumanidagi 7-maktabgacha taʼlim tashkiloti mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Temirova Gulnoza Nematovna - Nurota tumanidagi 36-umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

Tleuova Dilbar Abduraxmanovna - Moʻynoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Xalmurodov Avlakul Kosimovich - Shahrisabz tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori, Qashqadaryo viloyati

Xotamova Munavvar Sayfulloyevna - Buxoro shahridagi 12-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Shodiyeva Muhabbat Aminovna - Sherobod tumanidagi 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabining dutor sinfi oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Shodmonaliyeva Muxayyo Baxodirovna - Izboskan tumanidagi “Liderlar maktabi” nodavlat taʼlim muassasasi taʼsischisi, matematika fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Yusupova Maxpuza Numanovna - Namangan muhandislik-texnologiya institutining manzarali bogʻdorchilik va koʻkalamzorlashtirish kafedrasi professori, Namangan viloyati

“Sogʻlom turmush” medali bilan

Axadova Sanoat Xabibovna - Samarqand tumanidagi 43-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tojik tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Berdiyeva Shaxnoza Ergashevna - Sharof Rashidov tumanidagi 23-umumiy oʻrta taʼlim maktabining musiqa fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

Vaxabov Abduxamid - Fargʻona viloyati Chim ustida xokkey federatsiyasi ijrochi direktori, murabbiysi

Garjiyev Ilmurat Xalmuxammetovich - Toʻrtkoʻl tumanidagi 38-umumiy oʻrta taʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Ismoilova Gulnora Samandarovna - Andijon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining maxsus fan oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Madrahimova Dildora Mirzaakbarovna - Oʻzbekiston tumanidagi “Yangi umid va ishonch” oilaviy bolalar uyi rahbari, Fargʻona viloyati

Sagitov Mirxan Mirgaziyan - Toshkent shahridagi “Tashkent Runners” yuguruvchilar jamiyati rahbari

Tursunova Marhabo Teshayevna - Vobkent tumanidagi 1-maktabgacha taʼlim tashkiloti defektologi, Buxoro viloyati

Tursunova Munavar Ergashevna - Kitob tumanidagi “Zvyozdochki kosmosa” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari, Qashqadaryo viloyati

“Shuhrat” medali bilan

Abdrasuliyeva Arzayim Sabirbayevna - Qonlikoʻl tumanidagi 18-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Abdulakimova Diljaxon Boltayevna - Termiz davlat universiteti akademik litseyining tarix fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Abdullayev Sarvar Ravshanovich - Toshkent shahridagi Inha universiteti lektori

Abdullayeva Feruza Erkinovna - Norin tumanidagi 40-umumiy oʻrta taʼlim maktabining tasviriy sanʼat va chizmachilik fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

Aliyorov Mansurxon Mashrabovich - Pop tumanidagi 11-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatining fizika fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

Ashiraliyeva Nilufar Ummatkulovna - Sirdaryo tumanidagi 71-aqli zaif bolalar uchun maktab-internatining texnologiya fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

Buryak Yelena Vladimirovna - Zarafshon shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

Gayepov Saidjon Utkirovich - Qarshi shahridagi 18-koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Gulomova Dilbarxan Sadikovna - Shahrixon tumanidagi 44-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Doniyorova Aziza Maxmudovna - Guliston shahridagi “Intellekt” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari, Sirdaryo viloyati

Dushayeva Zamira Pirnazarovna - Jomboy tumanidagi 17-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Samarqand viloyati

Jaxonov Mexriddin Jamolivich - Kattaqoʻrgʻon tumanidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati

Ibragimov Azizbek Isroilovich - Olmaliq shahridagi “Buxoro maktabi” nodavlat taʼlim muassasasi rahbari, tarix fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Kim Vitaliy Nikolayevich - Mirobod tumanidagi “Mates” nodavlat taʼlim muassasasi taʼsischisi, ingliz tili fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Qaxorova Shahnoza Sunnatillayevna - Navoiy shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Navoiy viloyati

Qilichov Neʼmatjon Yuldashovich - Xiva shahridagi 121-koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Xorazm viloyati 

Nazirov Xolimboy Nishonovich - Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning fizika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Ramazonova Gulnoz Xalilovna - Buxoro tumanidagi 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Raximov Xaitmurat Usmanovich - Chiroqchi tumanidagi 124-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Raximova Xurzoda Kamulovna - Chirchiq shahridagi kasb-hunar maktabining maxsus fan oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Raxmatov Mirolim Toʻxtayevich - Gʻijduvon tumanidagi “The school of mathematical academy” nodavlat taʼlim muassasasi rahbari, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Buxoro viloyati

Sattarova Xolida Azadovna - Xonqa tumanidagi 1-kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, Xorazm viloyati

Soataliyeva Matluba Murodovna - Chortoq tumanidagi 4-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Namangan viloyati

Subonova Guzal Uktamovna - Paxtakor sanoat texnologiyalari texnikumining maxsus fan oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

Sultanova Odina Gʻopurovna - Bekobod shahridagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining fizika fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyati

Umarova Feruza Abidinovna - Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Toshkent shahri

Oʻrmonov Neʼmatillo Maxamedovich - Xoʻjaobod tumanidagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabining texnologiya fani oʻqituvchisi, Andijon viloyati

Xidoyatova Nargiza Sadiqjonovna - Yunusobod tumanidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Toshkent shahri

Xudayorov Hamza Murtazovich - Guliston shahridagi Prezident maktabining kimyo fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

Xolbutayeva Muqaddas Mamatmuratovna - Jizzax politexnika instituti akademik litseyining biologiya fani oʻqituvchisi, Jizzax viloyati

Xolmirzayev Sardor Zafar oʻgʻli - Shoʻrchi tumanidagi 125-koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Xolmurzayev Xayotjon Kirgizbayevich - Fargʻona tumanidagi “Le Crayon” nodavlat taʼlim muassasasi taʼsischisi, kimyo fani oʻqituvchisi, Fargʻona viloyati

Xudoynazarov Ilyos Abdurasulovich - Toshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani oʻqituvchisi

Shaymardanova Gavxar Egamberdiyevna - Oltinsoy tumanidagi 30-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati

Sherqulova Jamila Payanovna - Qarshi davlat universitetining mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati

Shodmonova Shaira Saidovna - Toshkent davlat pedagogika universitetining pedagogika kafedrasi professori

Eshonjonov Jamoldin Baxromjonovich - Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining informatika fani oʻqituvchisi, Namangan viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер