Oʻqishga kiritish hamda oʻqishni koʻchirib berish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ya.M. boshqa bir fuqaro R.ni tanishlari yordamida Toshkent davlat agrar universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.A. boshqa bir fuqaro D.ning qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi universitetidagi oʻqishini Namangan davlat universitetiga koʻchirib berish evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Bekobod tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, “I.K.” MCHJ xodimi A.A. fuqaro M.ning qoʻshni Tojikiston Respublikasidagi oʻqishini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga koʻchirib berish evaziga 2 200 AQSH dollarlari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring