Oqdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi
Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Mahmudov Temur Asomidinovich Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 3-fevral kuni Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazilgan. Unda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, Oqdaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishgan.
Rahbar, shuningdek, aholi turmush darajasini yaxshilash hamda bandligini taʼminlashda foydalanilmay kelinayotgan imkoniyatlar, masʼul rahbarlarning hamjihatlikda ishni tashkil qilmagani xususida toʻxtalgan.
Bugungi sessiyada tashkiliy masala koʻrilib, Sherzod Qudratov oʻz arizasiga koʻra, Oqdaryo tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan. Shundan soʻng, viloyat rahbari Mahmudov Temur Asomidinovichni ushbu tumanga hokim etib tayinlash taklifini bildirgan. Nomzod deputatlar tomonidan maʼqullangan.
Maʼlumot uchun, Temur Mahmudov mazkur tayinlovga qadar Samarqand viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring