Oʻq otish: Sportchilarimiz shu yilning oʻzidan Parij — 2024 yoʻllanmalari uchun bahslarga kirishadilar
Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari uchun ajratilgan kvotalar asosida har bir xalqaro federatsiya oʻz yoʻnalishidagi kvalifikatsion tizimni tasdiqlamoqda. Xalqaro oʻq otish sporti federatsiyasi ham bu borada rasmiy maʼlumot berdi.
Unga koʻra, har bir mamlakat uchun ajratilgan maksimal kvota 24 tagacha qisqartirildi. Bu oʻtgan Olimpiya oʻyinlariga qaraganda 6 taga kam degani. Endi ushbu sport turida jami 340 ta yoʻllanmalar oʻynaladi. Tokio — 2020 Olimpiadasida bu koʻrsatkich 360 tani tashkil etgan.
Sportchilar uchun ajratilgan kvotalar qisqartirilganiga qaramasdan oʻynaladigan medallar jamlanmasi va yoʻnalishlar oʻzgarishsiz qolgan. Parij — 2024 Olimpiya oʻyinlarida ham 12 ta shaxsiy va 3 ta aralash jamoaviy, jami 15 ta dasturda medallar komplekti oʻz egalariga topshiriladi.
Tizimga koʻra, shu yilning oʻzidan sportchilarimiz Olimpiada yoʻllanmalari uchun kurash olib borishadi. Atletlarimiz uchun birinchi kvalifikatsiya 27-sentyabr — 10-oktyabr kunlari Osiyek (Xorvatiya) shahrida oʻtib, unda stenddan otish boʻyicha 16 yoʻllanma, soʻng 12 — 25-oktyabr kunlari Qohira (Misr) shahrida oʻq otish yoʻnalishlari boʻyicha 32 ta litsenziya oʻz egalariga topshiriladi.
Har ikki musobaqa oʻz yoʻnalishlari boʻyicha jahon chempionati boʻlib, qolgan yoʻllanmalar kelgusi yil oʻtadigan dunyo birinchiligi, Osiyo chempionati va kvalifikatsion musobaqalarda oʻynaladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring