Oʻq otish boʻyicha Osiyo chempionatidan xushxabar!
Koreya Respublikasining Tegu shahrida oʻq otish sporti boʻyicha qitʼa birinchiligi davom etmoqda. Bugungi kun bahslari unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.
Yoshlar oʻrtasida 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan otish bahslarida Veniamin Nikitin yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Nikitin saralashda kuchli 8 likka kirib, medallar uchun kurashni davom ettirdi.
Hal qiluvchi pallada esa hindistonlik Sandip Bishnoi bilan chempionlik uchun raqobatlashdi. Yakunda omad Hindiston vakili tomonida boʻldi va yurtdoshimiz kumush medal bilan taqdirlandi.
— Sandip Bishnoi (Hindiston)
— Veniamin Nikitin (Oʻzbekiston)
— Donbin Kim (Koreya Respublikasi).
Bundan avval boshqa bir yosh sportchimiz Javohir Sohibov 10 metrga pnevmatik miltiqdan oʻq otish dasturida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring